Poklik zavqi

"Mehrli" korxonasining rasmiy veb sayti

Biz haqimizda

2008-yil oilaviy korxona sifatida faoliyat boshlangan.

2020-yil 4-mart sanasida esa “MEHRLI” brendiga asos solindi va rasman ishlab chiqarish texnologiyalari asosida korhona tashkillandi.

MEHRLI” kompaniyasi va mijozlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib kelayotgan asosiy savdo nuqtalari, Qo‘qon Jahon bozori hududida joylashgan. Farobiy, Yangi bozor va Showroom filiallari xisoblanadi Jonkuyar savdo jamoamiz, mijozlarga sifatli xizmat korsatishda tunu-kun harakatda bo‘lishadi.

Kompaniya tomonidan qo‘yilgan talab va rejalarni namunali bajarib kelishadi.

Play

Mahsulotlar

Bizning mahsulotlar tabiiy paxtadan tayyorlangan,
yuqori sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulotlardan iborat.

  • Montana

    ✨ Montana — nafislik va sifat uyg‘unligi

    “Mehrli” taqdim etadi — Montana kolleksiyasi.

    Zamonaviy hayot tarzi va estetik didni inobatga olgan holda yaratilgan ushbu mahsulot har kuni his qilinadigan qulaylik va sifatni taqdim etadi.

    Montana sochiqlari ishlab chiqarilishidan avval iste’molchilar talabi va zamonaviy interyer tendensiyalari asosida tadqiqotlar olib borildi. Natijada, eng mos va jozibali deb topilgan 6 xil rang tanlab olinib, aynan shu ranglarda ishlab chiqarildi.

    🎨 Mukammal ranglar tanlovi

    Har bir rang — bu shunchaki ko‘rinish emas, balki muhit yaratadi.

    Montana kolleksiyasidagi ranglar sizning hammomingizga yoki kundalik hayotingizga sokinlik, nafislik va zamonaviylik olib kiradi.

    🧵 Premium sifat va o‘ta yumshoqlik

    Montana — bu nafaqat chiroyli, balki sifat jihatdan ham yuqori darajadagi mahsulot:

    Yuqori sifatli xomashyo

    Uzoq muddatli foydalanish

    Har yuvilgandan keyin ham saqlanadigan yumshoqlik

    Har bir mahsulotda siz haqiqiy qulaylik va e’tiborni his qilasiz.

    🎯 Minimal dizayn — maksimal qulaylik

    Montana kolleksiyasi minimal va jiddiy dizayn asosida yaratilgan.

    Ortiqcha bezaklarsiz, ammo did bilan ishlangan bu uslub zamonaviy va klassik interyerlarga birdek mos tushadi.

    🤍 Har kuni siz bilan

    Montana — bu har kuni foydalaniladigan oddiy mahsulot emas.

    Bu — har kuni seziladigan sifat, har kuni his qilinadigan yumshoqlik va har kuni eslatib turadigan Mehrli e’tibori.

    Montana — sokin uslub, chuqur sifat.

  • Dubay – Premium Sochiqlari

    Yuqori sifat, nafislik va did bilan yaratilgan.

    Dubay kolleksiyasi – yangi hayot boshlayotganlar uchun eng yaxshi tanlov.

    ✅ Premium toifadagi yumshoqlik

    ✅ Mukammal yutiluvchanlik

    ✅ Zamonaviy ranglar palitrasi

    📐 O‘lchamlar:

    ▫️ 100 × 150

    ▫️ 70 × 140

    ▫️ 50 × 90

  • LACOSTE PREMIUM SOCHIQ

    Mehrli Textile’dan Lacoste modeli —suvni tez shimuvchi, yuqori darajadagi yumshoqlik va nafis dizaynni o‘zida mujassam etgan premium sochiqlar!

    🔹 O‘lchamlar:

    ▫️100×150 – hammom uchun

    ▫️70×140 – kundalik foydalanish uchun

    ▫️50×90 – qo‘l va yuz uchun

    💯 Nafaqat foydali, balki chiroyli ham.

    🎁 Oilangiz, mehmonxonangiz yoki sovg‘a uchun ajoyib tanlov!

  • Premium “Berlin” sochiqlari

    Yuqori sifatli, 100% paxtadan tayyorlangan, nafis dizaynli va zamonaviy ranglar uyg‘unligidagi ushbu sochiqlar kuyovlik sarpo to‘plamiga a’lo mos keladi.

    ✅ 100% tabiiy paxta – teriga yoqimli va juda yumshoq

    ✅ Premium toifali yuqori zichlik

    ✅ Elegant dizayn – sovg‘a sifatida mukammal tanlov

    ✅ O‘lchamlar: 70×140 sm (tanaga), 50×90 sm (qo‘l va yuzga)

  • ROMASHKA BAHORIY SOCHIQ

    Mehrli Textile’dan “Romashka” modeli —

    bahorning nozik kayfiyatini eslatuvchi, nafis gullar bilan bezatilgan, yumshoq va yorqin rangli sochiqlar!

    🧵 Sifat + Nafislik + Kayfiyat — barchasi bitta mahsulotda!

    🔹 O‘lchamlar:

    ▫️70×140 – qulay va zamonaviy foydalanish uchun

    ▫️50×90 – qo‘l va yuz uchun foydalanishga

    🎁 Bahor sovg‘asi sifatida yaqinlaringizni xursand qiling!

    Uy uchun, mehmon uchun yoki o‘zingiz uchun — Romashka har doim ko‘ngilga iliqlik olib kiradi.

    💯 Ko‘rkam dizayn + zo‘r yumshoqlik + suvni tez shimadi

    🌸 ROMASHKA — HAR KUNGA BAHOR TUYĞUSI!


Aloqa